| ABLAQ |
ola-chipor: Xoja Ya’qub Xoja Yahyoning o‘g‘li hazrati Xoja Ubaydulloning nabiralari ro‘baruyimg‘a ablaq ot minib ko‘p jamoati, ablaq suvor bila keldilar |
| ABRA |
qoplama, ustki qism: Ulug‘ osh tortilg‘ondin keyin, Xoja Abdushahid bila Xoja Kalong‘a o‘rmak abralik kish jubbalar, munosib xil’atlar bila kiydiruldi |
| ABTAR |
yomon ahvol |
| ABYOT |
birligi bayt – she’rning ikki misrasi |
| ADAD |
son; oʻlchov birligi; raqam va ma’lum miqdorni ifodalaydi |
| ADAM |
yoʻq, yoʻqlik
nobud bo‘lish, oʻlim |
| ADL |
adolat, toʻgʻrilik, insof |
| ADVIYA |
davo bo‘ladigan ashyolar (birligi davo): O‘tlar ildizidin va ba’zi adviyadin qilibturlar. |
| ADOLAT PESHA |
adolatli, adolatni targ‘ib qiluvchi: Axloq va atvori: adolatpesha va odmi va xushtab va fazilatliq podshohzoda edi. |
| ADNO |
nodon: Ikki navbat mururimiz aning viloyatidin voqe bo‘ldi, adno kishilarga qilg‘an insoniyatni bizga qilmadi.
Budur adnosi g‘ayr eshitsa,
Uni elning qulog‘iga yetsa. |
| AFSUN |
sehr, avrash, makr;
Har nechaki yaxshiliqta qilsam afsun,
Xalq ichra yomonlig‘ bila men afsona. |
| AFGOR |
tilingan, yara, xasta;
Sanga bir yo‘l yetar fikridadurmen,
Unutma bir yo‘li afgorlarni. |
| AF’OL |
fe’lning ko‘pligi, fe’l-atvor;
fe’l-atvor, qiliqlar, xatti-harakat:
Abdulaziz dag‘i necha hukmni eshitmay, anvoyi noshoyista aqvol va noboyista af’ol andin sodir bo‘lubtur. |
| AJAB |
qiziq: Bu fursatga ajab hodisa dars berdi... |
| AKOBIR |
birligi kabir, ulug‘lar:
O‘shal fursatta Sulton Mahmudxon Sulton Junayd Barlosning va Samarqandning ba’zi akobirining so‘zi bila Samarqand doiyasi bila cherik tortib, Kanboy navohiysig‘a keldi. |
| ALMACHA |
ola, ola-chipor: Nasuxda bir nav qovun bo‘lurkim, tuxmi almacha, go‘shti to‘rt ilik, ajab laziz qovundur. |
| AMLUK |
issiq mamlakatlarda bitadigan meva nomi:
Garmseriy mevalar misli norunj va turunj va amluk va nayshakar Lamg‘onottin keltururlar. |
| ARG‘UVON |
qizil tusda gullaydigan daraxt |
| ASHROF |
sharafli, ulug‘ zotlar |
| AHAM |
muhim: Bu yog'ilarkim, muncha yovuz kelib turlar, bularning dafi aham va avlodidur. |
| AHBOB |
do‘stlar, seviklilar (birligi habib);
Bori ahbob edi hozir bori asbob eli jal,
Sozu xonanda bila nuqlu mayi begash eli. |
| AHIBBO |
yaxshilar, do‘stlar:
Kun tush bo‘la a’do mag‘lub va maqhur va ahibbo mubtahij va masrur bo‘ldilar. |
| ANDOMLIQ |
ko‘rinishli:
uy tovug‘i andomliqdur, rangi ham mokiyon rangliqdur. |
| A’DO |
dushmanlar, birligi aduv: Kun tush bo‘la a’do mag‘lub va maqhur va ahibbo mubtahij va masrur bo‘ldilar. |
| A’LAM |
olim, ilmli;
eng bilag‘on, eng kuchli taqvodor;
Lek avlo budur imomat aro,
Kimki o‘lg‘ay a’lamu atqo. |
| A’ZAM |
eng katta, buyuk, taniqli |
| BADZABON |
tili yomon, qo‘pol, dag‘al so‘zli:
Badzabon va fahshgo‘y va xudpisand va tiyramag‘z mardak edi. |
| BADNAMO |
ko‘rimsiz:
Past-past, o‘ti oz, suyi tanqis, yig‘ochsiz, badnamo, yaramas tog‘lardur. |
| BADNOM |
yomon nom chiqargan, yomon otli;
Tarki nomus aylabon badnom bo‘lg‘il ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomus-u noming borida. |
| BAKOVUL |
bosh oshpaz, nisba:
Tashqaridin Xoja Pir bakovul va ulug‘ og‘alar va nekim bo‘lg‘on sozanda va xonanda kelib, Sulton Mahmud mirzoning Xonzodabegimdin bo‘lg‘on
ulug‘ qizini Haydar mirzog‘akim, Poyanda Sultonbegimdin bo‘lub edi, Sulton Abusaid mirzoning qiz nabirasi edi, olib Hisor ustidin qo‘pub, Qunduz sari yuzlandilar. |
| BARDAST |
dadil |
| BARDOSHT |
ko‘tarmoq |
| BARHAM |
yo‘q bo‘lish, tugash |
| BAR BUNYODLIK |
vayron etmay, bunyod etish maqsadida |
| BATAQRIB |
taxminan, mo‘ljalsiz |
| BATOLAT |
dangasalik, yalqovlik, insondagi illatlar;
Qo‘yma Bobirni bu holat birla,
Oni o‘lturma batolat birla |
| BAXSHISH |
sovg‘a, rag‘batlantirish |
| BAYAK NOGAH |
to‘satdan, qo‘qqisdan |
| BAYT |
ikki misra |
| BASARLIQ |
o‘zboshimchalik |
| BASIT |
qizdiruvchi dori o‘rnidagi taom |
| BASHAR |
insonlar, insoniyat |
| BASHOSHAT |
huzur, shodlik |
| BAHLUM |
ovlanadigan qush:
So‘ngralar bahlum ovin qalin ovlar edi. |
| BEANDOM |
ko‘rimsiz, ko‘zga tashlanmaydigan |
| BEBADAL |
o‘xshashi yo‘q; mislsiz, tengsiz |
| BEBAQO |
abadiy bo‘lmagan, o‘tkinchi |
| BEBUNYODLIG‘ |
azaliy emas, abadiy emas; doimiy emas |
| BEBOK |
zolim, shafqatsiz, andishasiz |
| BEBOQIY |
tez fursatda |
| BEBАRKАSH |
o‘lchovsiz; barkash – katta hajmli yassi idish, “katta” semasi bilan assotsiatsiyalanadi; bebarkash so‘zi orqali “ko‘plik” semasi obrazli tarzda ifodalangan |
| BEDIL |
yuraksiz, dilsiz, qayg‘uli, oshiq |
| BEDILONA |
qo‘rqoqlarcha |
| BEDOD |
jabr-zulm, adolatsizlik |
| BEDАVO |
davosiz |
| BEINOYAT |
marhamatsiz, mehrsiz, iltifotsiz |
| BEK ATKA |
hukmdor farzandini tarbiya qiluvchi |
| BEMUZD |
to‘lovsiz, behuda; bebadal |
| BEMOSKA |
tuturuqsiz, beburd, yuzsiz |
| BEPANOH |
madadsiz, ko‘maksiz |
| BEXOBLIK |
uyqusizlik |
| BEXONUMON |
uy-joysiz, sarson-sargardon |
| BESAFO |
yoqimsiz, ko‘rimsiz, notoza |
| BEHAMIYYAT |
or-nomussiz |
| BEHISOB |
bemo‘ljal, noto‘g‘ri |
| BEHISHT |
jannat |
| BEHUZUR |
halovatsiz, beorom, kasal |
| BEG‘АSH |
pok, xolis, toza |
| BILDURGA |
qamchin dastasidagi barmoq uchun mo‘ljallangan halqa |
| BILIK |
ilm, bilim, ma’lumot |
| BILKOT |
xabarnoma |
| BIRODARZODA |
aka yoki ukaning farzandi |
| BISTU HAFTUM |
ramazon oyining yigirma yettinchi kechasi |
| BIHIL |
kechish, gunohini kechirish, bahridan o‘tish |
| BINSIR |
to‘rtinchi barmoq |
| BUD |
borliq, vujud; budu nobud - bor-u yo‘q, hamma narsa |
| BUDAL |
harbiy qismlarning belgilangan o‘rni, joyi |
| BOBURIY XAT |
Zahiriddin Muhammad Bobur yaratgan alifbo |
| BOK |
qo‘rqinch, xavf; bok emas zararsiz, hechqisi yo‘q |
| BOLDOG‘LAMOQ |
bu yerda: qilichni qinga mahkamlamoq |
| BOR TOPMOQ |
izzat-hurmat topmoq; qabul qilinmoq |
| BOTIL |
haqning ziddi, ya’ni, yo‘q narsa; asossiz |
| BOTIN ULUMI |
tasavvuf ilmlari |
| BOSHSIZLIK |
g‘alayon, norozilik, itoatsizlik |
| BOG‘OT |
bog‘lar tutash joylashgan yer |
| BO‘LDURMOQ |
BO‘LDURMOQ |
| BO‘LUK |
qishloqdan katta, kichik shahar, viloyatdan kichik hududiy birlik |
| BO‘RK |
qalpoq, telpak, umuman, bosh kiyim |
| BАNI |
avlod, bolalar, qabila |
| DAFINA |
xazina, yashirib qo‘yilgan mulk |
| DALER |
shijoatli, jasoratli, nodir, pahlavon |
| DARRANDA |
yirtqich, yirtqich hayvon |
| DAYR |
butxona, majoziy ma’noda: mayxona |
| DILBAND |
birovga dili bog‘langan, aziz, jigarband |
| DILDOR |
1. ko‘ngilni o‘ziga tortib turuvchi;
2. mahbuba, sevgili, yor |
| DILKUSHO |
ko'ngil oluvchi, ko‘ngilni shod etuvchi |
| DILRABO |
dilni o‘ziga tortuvchi; mahbuba, go‘zal, jonon |
| DILNAVOZ |
ko‘ngilni ovlovchi, sevgili, yoqimli |
| DODXOH |
adolat istovchi, arz qiluvchi |
| DORU |
davo uchun foydalaniladigan ashyo |
| DORUG‘A |
qo‘rgon, shahar, qal’a komendanti |
| EMMAZODA |
aka-ukaning farzandlari |
| EMGANMOQ |
qiyinlik chekmoq, qiynalmoq |
| EROVUL |
qo‘shinning old tarafiga boruvchi qism |
| EHROM |
haramning ko‘pligi, muqaddas joylar |
| E’TIDOL |
o‘rtacha holat, normallik, me’yor |
| FAJR |
tong otish vaqti |
| FARAJIY |
qo‘y junidan tayyorlangan ustki kiyim |
| FARAH |
osmon; majoziy ma’noda: baxt, tole, taqdir |
| FARANGI |
Yevropadan keltirilgan qurol |
| FARZ |
bajarilishi zarur bo‘lgan ish, Allohning buyrug‘i |
| FAROMUSH |
yoddan chiqqan, unutilgan |
| FAROYIZ |
shariatga qilinsin deb buyuridgan amallar |
| FARSUDA |
to‘zg‘igan, titilgan, eskirgan; horigan, charchagan |
| FARSH |
to‘shak, gilam, palos, yerga to‘shalgan narsa |
| FAHSHGO‘Y |
qo‘pol, haqorat qiluvchi |
| FIDO |
qurbon, nisor; fido qilish, bag‘ishlash |
| FILMASAL |
masalan, farazan, go‘yo, masalda |
| FIQH |
dinning yo‘l-yo‘riqlari, qoidalari to‘g‘risidagi ilm |
| FITR |
ro‘za tutishni to‘xtatish |
| FITRAT |
buzuqlik, axloqsizlik; gunoh ishlar qilishlik |
| FISQ |
buzuqlik, axloqsizlik; gunoh ishlar qilishlik |
| FIG‘ON |
nola, dod-faryod, oh-u zor |
| FOJIR |
gunohkor kishi |
| FONIY |
yo‘q bo‘luvchi, yo‘qoluvchi, bituvchi; foniy aylamoq, yo‘q qilmoq |
| ILG‘OR |
oldinda boruvchi askarlar guruhi |
| IROVUL |
askarning ayg‘oqchilik xizmatini qilib oldinda boruvchi qismi |
| ITMIYNON |
tinchish, orom olish, to‘liq ishonch, xotirjamlik |
| IXFO |
yashirish, berkitish, sir tutish |
| IZORA |
Uy devorining yer bilan tokcha o‘rtasidagi qismi |
| ISTE’DOD |
tayyorgarliklik, hozirlik ko‘rish, kerakli yarog‘ bilan ta’minlanish |
| ISHVA |
noz-karashma, maftun qiluvchi harakat |
| INFIOL |
ko‘nglini topmoq, ko‘nglini ovlamoq |
| INOYATNOMA |
farmon xati, kattalardan, ulug‘ kishilardan kelgan sevinch va iltifot maktubi |
| I’ROB |
so‘z oxirini grammatik jihatdan tahlil qilib, ma’no chiqishiga qarab belgilar qo‘yish, ravshanlashtirish |
| JADYI |
astronomik o‘lchov birligi nomi |
| JAFO |
zulm, sitam, uzoqlashish, qochish, vafoning aksi |
| JAVLON |
ketma-ket harakat, kezish, aylanish, hamla, yurish |
| JEBA/JIBA |
sovut, metaldan yasalgan jang kiyimi |
| JERIB |
yuza hajmni o‘lchash birligi |
| JILOVLUQ |
otliqlarning saf bo‘lib kelishi |
| JULLOB |
maxsus tayyorlangan shifobaxsh sharbat |
| KAFFORAT |
qilingan gunoh evaziga beriladigan narsa |
| KAJRAV |
teskari ish qilib yuruvchi; egri yuruvchi;makkor, hiylagar |
| KARAM |
shafqat, olijanoblik, saxiylik, ehson, marhamat |
| KAROHIYYAT |
man qilish, makruh bilish |
| KASB |
biror narsani o‘rganish, egallash, hunar, mashg‘ulot |
| KASOFAT |
dag‘allik , qo‘pollik, g‘alizlik; ifloslik , yomonlik |
| KA’BA |
Makkadagi musulmonlarning muqaddas ziyorat joyi |
| KEJIMLIK |
jang vaqtida otga kiydiriladigan o‘qo‘tmas maxsus yopiq |
| KEZ |
aylanib yurmoq, kezmoq, sayr qilmoq |
| KUDURAT |
dilxiralik |
| KUFFOR |
Kofirlar, dinsizlar |
| KULAGACH |
naqshinkorlik |
| KULBA |
uy, makon, xaroba, uycha |
| KULLIY |
1) katta, yirik; ko‘p, ortiq darajada;
2) umumiy |
| KULOH |
bosh kiyim |
| KUSHTIGIR |
polvon; kurashchi |
| KUSHOD |
ochiq, ochilgan, yechilish, ozod bo‘lish |
| KUSHO/ KUSHOY |
ochuvchi, ko‘rkam, ko‘rinishli |
| KUNJ |
burchak |
| KUNH |
asl haqiqat , mohiyat |
| KUNGURA |
harbiy istehkom, qo‘rg‘on, okop devoridan miltiq va boshqa qurollarni chiqarib otish uchun qilingan tuynukchalar |
| KOMIL |
to‘liq, to‘kis |
| KOMRON |
maqsadga erishgan , baxtli |
| KOMYOB |
maqsadiga erishgan, baxtiyor |
| KOR |
ish, mehnat, harakat; ta’sir |
| KORDON |
tajribali, ishbilarmon |
| KORIZ |
yer osti suvini yig‘ib yer ustiga chiqarish uchun qurilgan quduqlar tizimi |
| KORZOR |
urush, jang, janjal |
| KORGAR |
ishchi, xizmatchi |
| KORGUZOR |
ishlovchi |
| KOVOK |
ahmoqlik |
| KOSH |
koshki , shoyad , zora |
| KOSHIKORLIK |
naqshinkorlik |
| KOSHIY |
koshin, binolar yuzini rang-barang va yaltiroq qilib ishlangan naqsh |
| KOSHONA |
kulba, ko‘shk, oshyon, uy, imorat |
| KON |
xazina, biror narsaning to‘plangan joyi , ma’dan |
| KO‘FT |
azob, mashaqqat |
| KO‘KALDOSH |
sut emishgan |
| KO‘KS |
ko‘krak, siyna |
| KO‘L |
ko‘lmak |
| KO‘MAK |
yordamchi guruh |
| KO‘MUK |
pay |
| KO‘PRAGI |
ko‘prog‘i, ko‘pchiligi |
| KO‘RMON |
Ko‘rmaslik |
| KO‘RUNUSH |
o‘zini ko‘rsatish |
| KO‘RNAMAK |
yaxshilikni bilmagan, yomonliq qiluvchi |
| KO‘TAL |
dovon(band) |
| KO‘TARIMLIK |
kechirimli |
| KO‘TAXANDISH/ KO‘TAHANDISH |
kaltafahm |
| KO‘TOH |
kalta, qisqa |
| KO‘Y |
mahalla, ko‘cha, qishloq |
| KO‘SHK |
bezakli bino, qasr |
| KO‘CH |
1) masofa birligi
2) ahli ayol, yaqinlar |
| KO‘CHUM |
zich, ko‘p |
| KO‘H |
to‘g‘: baland , yuqori |
| KO‘HA |
temir kiyim (zirh, sovut) |
| KO‘HAK SUVI |
Zarafshon daryosi |
| KO‘HBUR |
tog‘ kesuvchi, toshtarosh usta |
| KO‘HISTON |
tog‘ tizmasi |
| KO‘HNA |
qadimgi |
| KO‘NDALANG |
yon tomon |
| KO‘NGULLIK |
kamtarin |
| LAFZ |
til |
| LAFOING |
kudurat |
| LAIM |
yaramas, laʼnati; xasis, nokas |
| LAK |
yuz ming |
| LAMG‘ON |
joy nomi |
| LAQLAQA |
masjid nomi |
| LATIF |
go‘zal |
| LATOFAT |
go‘zallik, nafislik, latiflik |
| LATOYIF |
go‘zal hikoyalar latifalar |
| LAVAND |
yalqov, dangasa, beg‘am |
| LAVANDONA |
beg‘amlarcha |
| LAVOHIQ |
loyiq, tegishli, ergashganlar |
| LAVH |
kitobning bosh sahifasiga ishlangan bezak naqsh; har bir yoyiq narsa |
| LAYLIVASH |
Layliga o‘xshash go‘zal |
| LAZIZ |
lazzatli, mazali |
| LAZZAT |
huzur-halovat, rohat |
| LAHZA |
bir oz, andakkina |
| LANG |
yaroqsiz (askarlarning ojizligi, kuchsizligini ta’kidlash maqsadida ishlatilgan) |
| LANG |
cho‘loq, bo‘lmag‘ur |
| LANGAR |
kemani to‘xtatib turish uchun suvga tashlanadigan moslama |
| LA’L |
qizil rangli qimmatbaho tosh; majoziy maʼnoda qip-qizil lab; qizil siyoh bilan yozilgan xat |
| LA’LIMIY |
sug‘orilmaydigan, quruq |
| LIBOS |
kiyim, zeb-ziynat |
| LIMU |
limon |
| LIYOR |
yo'l |
| LUTF |
yaxshilik, marhamat |
| LUNG |
lungi, belbog‘ |
| LODA |
ahmoq, aqlsiz, go‘l |
| LODALIG‘ |
ahmoqlik |
| LOF |
maqtanchoqlik |
| LOJARAM |
huning uchun, shu boisdan, shaksiz |
| LOJUVARD |
to‘q ko‘k tusli tosh |
| LOL |
tilsiz, hayron |
| LOYAQIL |
behush |
| MABDA |
1) kelib chiqish o‘rni, boshlanish joyi;
2) maqsad, muddao |
| MABRAZ |
hojat yeri |
| MABOH |
ijozat, ruxsat |
| MABHUT |
g‘ururga berilgan kibor |
| MADID |
uzoq muddat |
| MADYUN |
majbur, qarzdor, burchli |
| MADORIS |
madrasalar |
| MADHUSH |
qо‘rqqan, hushsiz, hushidan ketgan; hayratda qolgan; devona, jazavasi tutgan |
| MAFLUK |
falokatga uchragan, jafo ko‘rgan, badbaxt |
| MAFQUD |
yo‘qolgan |
| MAFTUN |
mahliyo, shaydo, oshiq |
| MAFTUNLUQ |
zar yoki boshqa bezaklar tikilgan |
| MAFOSIL |
bo‘g‘inlar |
| MAFHUM |
fahmlangan, tushunilgan |
| MAJRUH |
1) jarohatlangan, zahmli, jarohatli;
2) xasta, notavon, dardli, alamli |
| MAJOZ |
о‘zining tub ma’nosida ishlatilmay, о‘xshatish orqali boshqa bir ma’noda ishlatiladigan so‘z, metafora; haqiqiy emas, о‘tkinchi narsa |
| MAJOZIY |
majoziy oshiqlik, insonning insonga bo‘lgan muhabbati |
| MAKRUH |
yoqimsiz, ma’n etilgan; iste’mol qilish lozim bo‘lmagan |
| MAKNUN |
yashirin, maxfiy, berkitilgan, yaxshi saqlangan, noyob |
| MALAK |
farishta |
| MALOL |
sog‘inish, zerikish; siqilish, aziyat chekish, qiynalish; ozor, g‘am, anduh, g‘ussa, malol;
xohlamaslik |
| MALOL |
sog‘inish, zerikish; siqilish, aziyat chekish, qiynalish; ozor, g‘am, anduh, g‘ussa, malol;
xohlamaslik |
| MALOL |
sog‘inish, zerikish; siqilish, aziyat chekish, qiynalish; ozor, g‘am, anduh, g‘ussa, malol;
xohlamaslik |
| MALOMAT |
ta’na, dashnom |
| MALOHATLIK |
go‘zallik, kelishgan |
| MALHAM |
surtma |
| MAMAR |
yurib o‘tiladigan joy |
| MAMLU |
farovon |
| MAMZUJ |
aralashtirilgan |
| MAMOLIK |
mamlakatlar |
| MAQAR |
MAQAR |
| MAQBUL |
ma’qul, dilga yaqin, ta’bga mos |
| MAQDUR |
qudrat va imkonga muvofiq; qudrat, quvvat, imkoniyat;
belgilab qo‘yilgan, taqdir |
| MAQTAL |
qatl etilgan yer |
| MAQOBIR |
maqbaralar |
| MAQOM |
o‘rin, joy, makon; daraja, martaba; ohang |
| MAQHUR |
qahr, g‘azab;
qahrga yo‘liqtirmoq |
| MAQ’AD |
kishining o‘tiradigan yeri |
| MARAL |
erkak kiyik |
| MARAL |
erkak kiyik |
| MARAMMAT |
tiklash, tuzatish, ta’mir |
| MARDAK |
nusxa |
| MARDUD |
rad etilgan |
| MARIZ |
kasal, xasta |
| MARHAM |
dori-darmon; malham |
| MARG‘UB |
yoqimli, sevimli |
| MAR’IY |
rioya, joriy |
| MAOSIY |
gunohlar (birligi ma’siyat);
gunohkor bo‘lmoq; |
| MAOSH |
munosabat; munosabatda bo‘lmoq |
| MAONIY |
ma’nolar (birligi – ma’no) |
| MAS’UM |
begunoh, pok |
| MAHAL |
payt, lahza, kez |
| MAHBUB/ MAHBUBA |
sevgili, ma’shuq va ma’shuqa: yor-dо‘st tutilgan shaxs |
| MAHRAM |
sirdosh, ulfat, hamdam |
| MAHRAMIYAT |
podshohlikda ichki xizmat |
| MAHRU |
oy yuzli, gо‘zal |
| MAHRUSA |
ekin ekiladigan yer |
| MAHVASH |
oyga о‘xshagan, gо‘zal |
| MAHZ |
xolis, sof; faqatgina, yolg‘iz |
| MAHZAR |
diniy hukmnoma |
| MAHZUZ |
1) lazzat, bahra;
2) bahra olmoq: |
| MAHZUN |
g‘amgin, qayg‘uli, xafa, hazin |
| MAHOL |
1) imkonsiz;
2) ravo ko‘rmaslik |
| MAHSUB |
hisob |
| MANIY |
shahvat suvi |
| MANQUSH |
naqshlangan, ziynatlangan |
| MANZUM |
tartibga solingan, nazm |
| MANOR |
minora |
| MANOHIY |
man qilingan narsa |
| MAGAR |
hekilli,... mikan,... mi; ehtimol,... gina; mabodo; shoyad, shoyadki, zora |
| MAG‘RIB |
g‘arb, kunbotar tomon |
| MAG‘OK |
yalanglik, ko‘l nomi |
| MAG‘SUB |
egasiga pul bermay tortib olingan |
| MA’BAD |
ibodatgoh |
| MA’BUD |
ibodat siymosi, tangri |
| MA’DUD |
xos kishiyaqinlar |
| MA’DUM |
yо‘qotilgan, yо‘q qilingan, tugatilgan |
| MA’FO‘ |
avf qilingan, kechirilgan |
| MA’JUN |
maxsus tayyorlangan quyuq dori |
| MA’JUNNOKLIK |
ma’junbozlik |
| MA’KUL-UL LAHM |
go‘shti yeyiladigan, halol |
| MA’MAN |
omonlik joyi |
| MA’MUL |
orzu, tilak, kutilgan narsa |
| MA’MUM |
sajda qiluvchi |
| MA’MUM |
sajda qiluvchi |
| MA’MUR |
obod |
| MA’MURA |
obod shahar |
| MA’QUL |
yeyiladigan, halol |
| MA’QULOT |
nutqni biluvchi, notiqlik |
| MA’RAKA |
jang maydoni, yig‘in |
| MA’RIFAT |
bilim, ma’lumot, bilish, tanish, ilm (kо‘pligi maorif) |
| MA’RUF |
taniqli, mashhur, dongdor |
| MA’RUF |
taniqli, mashhur, dongdor |
| MA’TAL |
intiq |
| MA’VO |
boshpana, turar joy |
| MA’XUD |
yashirin |
| MA’YUB |
jarohatlangan |
| MA’YUS |
umidsiz, tushkun |
| MA’ZUL |
olish, mahrum bo‘lmoq |
| MA’ZUN |
izn berilgan |
| MA’OF |
ozod, forig‘ |
| MA’SIYAT |
gunoh, osiylik |
| MA’SIYAT |
gunoh, osiylik |
| MA’HUD |
odatdagi |
| HABS |
qamoq, turma, ozodlikdan mahrum etish |
| HAJV, HAJVIYA |
ijtimoiy hayotning ma’lum tomoni yoki ayrim guruh va shaxslarning yaramas salbiy xislatlaridan achchiq kulib va uni tanqidiy tasvirlab yozilgan asar |
| HAJOMAT-U FASD |
qon olish va oldirish |
| HAMAL |
Eski astronomiyada o‘n ikki burjning birinchisi |
| HAMDAST |
qo‘ldosh, orqadosh, birgalashuvchi |
| HARAM |
ichkari uy, xos hovli; haram deganda shaxsning oila a’zolari ham qo‘shib tushuniladi |
| HARIF |
1) qarshi; sherik,
2) birga ishlovchi;
3) o‘rtoq, ulfat; harifi sharob-birga may ichuvchi |
| HAROMNAMAK |
nonko‘r, ko‘rnamak, yaxshilikka yomonlik qiluvchi |
| HAZIRA |
aylanasi devor yoki panjara bilan o‘ralgan qabriston;
qabr, mozor |
| HAZM |
hushyorlik, ehtiyotkorlik, mustahkamlik |
| HASBI HOL |
o‘z holini bayon qilish; turmush kechirish darajasi |
| HIRS |
biror narsaga qattiq berilish, ta’ma, ochko‘zlik, nafs |
| HАBIB |
oshna, do‘st, yor |
| HАJR |
ayriliq, judolik, yetisha olmaslik |
| HАMOYIL |
ko‘tarib yuriladigan narsa |
| HАVO |
orzu, mayl, istak; ishq-muhabbat |
| GARD |
chang |
| GARD |
chang |
| GARDANA |
jarlar oralig‘idagi yo‘lak |
| GARIY |
yigirma-yigirma besh minut oralig‘idagi vaqt |
| GAZAK |
ichkilik bilan tortiladigan ne’matlar |
| GISU |
o‘rilgan soch, kokil |
| GUFTU SHUNUD |
gap, so‘z aytib eshitmoq, suhbat |
| GUFTOR |
bayon, so‘zlash, gapirish, suhbat |
| GUMROHLIK |
noto‘g‘ri yo‘lga kirish, to‘g‘ri yo‘ldan adashish |
| GUZAR |
kechib o‘tiladigan sayoz joy |
| GUZARO |
o‘taketgan, nihoyatda, juda, rosa |
| GUSTOXONA |
tortinishsiz; behadik, ibosizlik bilan |
| GOVSAR |
boshga kiyiladigan himoya vositasi |
| GO‘Y |
har bir yumaloq narsa; chavgonbozlik o‘yinida o‘ynaladigan to‘p, koptok |
| GO‘SPANDLIYOR |
qo‘y va echkilar o‘tkaziladigan yo‘l |
| GO‘SHAGIR |
o‘q-yoy otishda barmoqqa kiyiladigan halqa |
| АBRАSHIN |
ipak; ipakdan tayyorlangan, kiyimlar, bosh kiyim, ashyolar ham metonimiya (qayta nomlash) asosida shu nom bilan yuritilgan;
Аbrashini yeldurub yetgach yiqildim, do‘stlar,
Ohkim, umrum daraxtini yiqitti sarsare. |
| АFSONА |
mashhur, tanilgan;
Ne xesh meni xushlar-u ne begona,
Ne g‘ayr rizo mendin-u ne jonona.
Har nechaki yaxshiliqta qilsam afsun,
Xalq ichra yomonlig‘ bila men afsona. |