Zahiriddin Muhammad Bobur
1483-1530 | O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi
Bobur (taxallusi) to'liq ismi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. U 1483-yil 14-fevral-1530-yil 26-dekabr) — o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh bo'lib Amir Temurning avlodidan bo'lgan. Bobur o'z davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning she'rlari, ruboiylari o'z vaqtida va hozir ham sevib o'qilmoqda. 6 ta xotini bo'lgan. Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim, Ma'suma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.
Hayoti va ijodi
Boburning otasi – Umarshayx Mirzo Farg'ona viloyati hokimi, onasi–Qutlug' Nigorxonim Mo'g'uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi o'g'li Mironshoh Mirzo naslidan bo'lsa, ona tomondan Tug'luq Temurxonning o'g'li Xizr Xo'jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi.
Otasi tomondan
- Amir Temur ko'ragon (1336-1405)
- Mironshoh Mirzo (1366-1408)
- Sulton Muhammad Mirzo (1408-1449)
- Sulton Abu Said ko'ragon (1424-1469)
- Umarshayx Mirzo ko'ragon (1456-1494)
- Bobur (1483-1530)
Onasi tomondan
- Tug'luq Temurxon (1329-1362)
- Xizr Xo'jaxon (1358-1399)
- Muhammadxon (? – 1416)
- Sharalixon (taxtga chiqmagan)
- Uvaysxon (1418-1425-yillarda)
- Yunusxon (1468-1487)
- Yunusxonning qizi Qutlug' Nigorxonim (1457-1504)
- Bobur (1483-1530)
Shoir sifatida ijodiy faoliyatining boshlanishi
Boburning o'z guvohligiga ko'ra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan, "Ul fursatlarda birorkikrar bayt aytur edim", deb yozadi u. Bobur Samarqanddaliginig ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular o'rtasida yozishma boshlandi. Bobur atrofda ijodkorlar to'plana boshlash ham shu yillarga to'g'ri keladi. Jumladan, Binoiy, Abubakr va Bobur o'rtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizg'in adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va ko'p vaqt jangu jadallarda o'tgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizg'in davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chog'larida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, san'at va ijod ahlini o'z atrofiga to'plab, homiylik qilgan, ularni rag'batlantirgan. Adabiyot va ilm, musiqa va san'atdan yaxshi xabardor bo'lgan, diniy ta'limotga chin ixlos qo'ygan Bobur har doim olim-u fozillar davrasida bo'ldi, xususan, ijod ahliga, kasb-u hunar sohiblariga samimiy ehtirom ko'rgazib homiylik qildi, ularni moddiy va ma'naviy rag'batlantirib turdi. Ijod va san'at ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz bo'lmagan. Bobur tabiatdan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug'ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to'xtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.
Ijodi
Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va g'azallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim" radifli g'azali va „Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi" misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi o'sha yillardagi hayoti bilan bog'liq. Boburning ulkan san'atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko'tara oladi va natijada asarlarida oig'a surilgan g'oyalar umuminsony qadriyatlar darajasiga ko'tariladi. Bobur ijodida, xususan, she'riyatida kindik qoni to'kilgan ona yurtini dildildan qo'msash, uning tarog'iga talpinish, g'ariblik azoblaridan o'rtanish, yaxshi kunlar sog'inchi va visol ilinjii, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona noso'zliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.
Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli o'rin tutadi. Uning g'azal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida ma'shuqaning maftunkor go'zalligi, beqiyos husn-u latofati, sharqona odob-u axloqi, noz-u karashmalari yengil va o'ynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tasvirlangan. Boburning uz she'rlarini to'plab, devon holiga keltirgan sanani ko'rsatuvchi aniq tarixiy ma'lumotlar ma'lum emas. Ammo „Boburnoma"ning 1518—1519-yillar voqealari bayoniga bag'ishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuboranligi to'g'risida so'z boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan.
Hozirda uning 119 g'azal, bir masnu she'ri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qit'alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o'rin olgan.
Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda kishi.
— Zahiriddin Muhammad Bobur
Hayot yo'li
1483
Zahiriddin Muhammad Bobur Farg'ona shahrida tug'ilgan.
1494
12 yoshida Farg'ona hokimi bo'ldi.
1504
Kobulni egalladi va Kobul davlatiga asos soldi.
1526
Hindistonni zabt etdi va Boburiylar saltanatiga asos soldi.
1530
26-dekabr kuni Agra shahrida vafot etdi.